KAFEDRA FAOLIYATI

     1956-yili O‘rta Osiyo Politexnika institutining (hozirgi I.Karimov nomidagi TDTU) “Qurilish fakulteti” tasarrufida “Avtomobil yo‘llari” mutaxassisligi ochildi va 1958 yili “Avtomobil yo‘llari” kafedrasi  tashkil etildi. 1971 yili “Avtomobil yo‘llari” kafedrasi ikkiga ajralib: “Avtomobil yo‘llarini qidirish va loyihalash” va “Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi va ekspluatatsiyasi” kafedralari faoliyat ko‘rsata boshladi. 1972 yilda Toshkent avtomobil‑yo‘llar instituti tashkil etildi. 1994 yildan boshlab “Avtomobil yo‘llarini qidirish va loyihalash” va “Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi va ekspluatatsiyasi” kafedralari birlashtirilib “Avtomobil yo‘llari” kafedrasi faoliyat ko‘rsatdi. 1995 yilda “Aerodromlar va aeroportlar” kafedrasi tashkil etildi. 2005 yil “Avtomobil yo‘llari” va “Aerodromlar va aeroportlar” kafedralari birlashtirilib, “Avtomobil yo‘llari va aerodromlar” kafedrasi tashkil etildi. 2013 yil 2 sentabrdan “Avtomobil yo‘llari va aerodromlar” kafedrasi ikkita kafedraga ajratilib, “Avtomobil yo‘llari va aerodromlarni loyihalash” va “Avtomobil yo‘llari va aerodromlarni qurish, ekspluatatsiya qilish” kafedralari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 avgustdagi “Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2580-son qarori hamda ushbu qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 29 avgustdagi 362‑sonli buyrug‘i bilan Toshkent avtomobil‑yo‘llar instituti qayta tashkil etilib, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti tashkil etildi.

     Ushbu qaror asosida Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti “Avtomobil yo‘llari va inshootlarini loyihalash va qurish” fakulteti tassarufida “Avtomobil yo‘llari va aerodromlarni qurish, ekspluatatsiya qilish” kafedrasi tashkil etildi. 2017 yil 2 sentabrdan kafedra “Avtomobil yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi nomiga o‘zgartirildi. Kafedrani t.f.n., dotsent A.X.O‘roqov boshqarmoqda.

«Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish» kafedrasida quyidagi professor-o’qituvchilar faoliyat olib borishadi:

 

1. O’roqov Asliddin Xushvaqtovich — Kafedra mudiri, dotsent, texnika fanlari nomzodi.

2. Azizov Qudratilla Xusanovich — Professor, texnika fanlari nomzodi.

3. Sodiqov Ibrohim Solihovich — Professor, texnika fanlari doktori.

4. Darabov Muzrap — Dotsent, texnika fanlari nomzodi.

5. Sodiqov Jamshid Ibrohim o’g’li — Dotsent, D.Sc.

va boshqalar…

Ma’lumot tahrirlanmoqda!

1700

BAKALAVR

70

MAGISTR

3998

BITIRUVCHI

1024

TASHKILOTLAR

Tinimsiz izlanishlar izidan…

Zamonaviy o’quv texnologiyalari

    Kafedra professor-o’qituvchilari muntazam ravishda respublika va chet el nufuzli oliy o’quv muassasalarida malakalarini oshirib kelmoqdalar. Shu bilan birga ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida stajirovkalar o’tkazilmoqda. Olingan behisob malaka va ko’nikmalar o’quv jarayoniga tadbiq qilinmoqda.

Zamonaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar

     Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish sohasida sodir bo’layotgan texnologik yangiliklarni yoritib beruvchi yangi avlod o’quv adabiyotlari kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilmoqda.

Respublika bo’ylab o’quv amaliyotlari

    Hozirgi kunda kafedra tomonidan tahsil olayotgan fakultet talabalari uchun o’quv jarayoni mobaynida reja asosida O’zbekiston Respublikasi Avtomobil Yo’llari Davlat Qo’mitasi va qo’mita tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda o’quv tanishuv, malakaviy, ishlab chiqarish va bitiruv oldi malakaviy amaliyotlar tashkil etilgan.