Blog

PhD dissertatsiyasining muhokamasi bo’yicha ilmiy seminar

MAXMUDOVA DILFUZA ABDULAZIZOVNANING DISSERTATSIYASINI MUHOKAMADAN O’TKAZISHGA BAG’ISHLANGAN ILMIY SEMINAR

      2020 yil 12 iyun soat 1000 da Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti B korpusi 059 honasida “Avtomobil yo’llarini qidiruvi va loyihalash” kafedrasi katta o’qituvchisi Maxmudova Dilfuza Abdulazizovnaning DSc18/30.12.2019.T.09.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi 05.09.02 – “Asoslar, poydevorlar, yer osti inshootlar. Ko’priklar va transport tonnellari. Yo’llar, metropolitenlar” ixtisosligi bo’yicha “Avtomobil yo’li poyi ishchi qatlamidagi lyossimon gruntlarning ko’p martalik yuklamalar ta’siridagi mustahkamlik tavsiflari” mavzusidagi tayyorlangan tehnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ishi muhokamasining masofaviy (Zoom dasturi orqali) ilmiy seminar majlisi bo’lib o’tadi.

Maxmudova Dilfuza Abdulazizovna haqida batafsil ma’lumot!

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI

Avtomobil yo‘llarining holati va ulardan foydalanish samaradorligi mamlakatimizda avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashishni rivojlantirish darajasini belgilaydi. Qattiq va tekis qoplamali, to‘g‘ri va ravon yo‘lda avtomobil belgilangan tezlikda yurishi, maksimal darajada yo‘lovchilar yoki tovarlarni tashishi mumkin. Bu yoqilg‘i sarfi va tashish qiymatini kamaytirish, transport vositasining xizmat qilish muddatini uzaytirish bilan bog‘liq iqtisodiy samara ham beradi. Eng muhimi, avtomobil yo‘llari sifatli bo‘lgan mamlakat transport koridori va xalqaro tranzit tashishlar markaziga aylanishda katta imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy yuksalish ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini beradi.

       Shu maqsadda yurtimizda sifatli va ravon yo’llar va yo’l inshootlarini qurishga ixtisoslashgan, hamda zamonaviy uskuna va texnika bilan jihozlangan “GRAND ROAD TASHKENT” Turkiya – O’zbekiston qo’shma korxonasi o’z faoliyatini yaqin vaqtlarda boshladi.

     Ushbu zamonaviy qo’shma korxona rasmiy taklifi bilan kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishish va kelgusida institutimiz va ishlab chiqarish vakili bilan muntazam o’quv va ilmiy aloqa munosabatlarini yaratish maqsadida Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti “Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi professor-o’qituvchilari, doktorantlari va magistrlari, “Ravon yo’l” klubi a’zolari, hamda “Avtomobil yo’llari va sun’iy inshootlar” fakulteti iqtidorli talabalari tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mexmonlarga kompaniya hududi va faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Anjumanlar honasida kompaniya o’z taqdimotini o’tkazdi.

      Institut iqtidorli talabalari kompaniya rahbariyati va vakillariga o’z ilmiy ishlarini taqdimot ko’rinishida tanishtirishdi. Kompaniya rahbariyati dolzarb va qiziqarli ilmiy ishlarni saralab, iqtidorli talabalarga kompaniya bilan ilmiy izlanishlarda yaqin aloqada bo’lish taklifini berishdi.

      Kompaniya rahbariyati mehmonlarga sovg’alar ulashishdi, hamda kelgusida institut bilan yaqin aloqada bo’lib faoliyat yuritishlarini ta’kidlab o’tishdi. 

Yangi yilning ilk yutuqlari!

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 dekabr kuni Muxammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvida belgilangan vazifalarni va institut kafedralari qoshidagi toʼgaraklar, klublar va konstruktorlik byurolari oʼrtasida “Eng yaxshi toʼgarak”, ularga aʼzo talabalar oʼrtasida esa “Eng faol toʼgarak aʼzosi”, ”Eng faol sport toʼgaragi aʼzosi” tanlovi oʼtkazish toʼgʼrisidagi institut Kengashining 2019 yil 26 dekabrdagi 6-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 4 fevral kuni institutda 2019 yilda bajarilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalar koʼrgazmasi va toʼgaraklar tanlovi boʼlib oʼtdi.      

   

   Ushbu «Eng yaxshi to’garak» tanlovi bo’yicha «Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish» kafedrasi qoshida faoliyat olib borayotgan «Ravon yo’l» to’garagi 1-o’rinni egalladi. Bu e’tirof albatta to’garak a’zolarini ruhlantiradi!

RAVONYOL.UZ sayti o’z faoliyatini boshladi!

Zamonaviy jamiyat uchun axborot eng muhim mahsulotga aylanganligi haqidagi fikrni tez-tez eshitamiz. Jamiyat rivoji ehtiyojlarini qoniqtirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini axborotlashtirish jarayoni uning sifatini ko‘tarishga qaratiladi.

Ta’lim tizimi uchun axborotlashtirish jarayoni — yetuk barkamol shaxslarni jadal rivojlanib borayotgan, axborotlashgan jamiyat sharoitlariga va kelajak hayotga tayyorlash, ta’lim mazmuni, o‘qitish metodlari hamda ta’lim shakllarini o‘zgartirish, o‘sib kelayotgan avlodda o‘z hayotini muvaffaqiyatli va mustaqil qurishda ko‘nikma hamda malakalarini shakllantirishdan iboratdir.

Ushbu oliy maqsadda, hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5849 sonli “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi to’g’risida”gi farmonining “Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish” paragrafining ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yil 1 fevral kunidan Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti “Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi va kafedra qoshidagi “Ravon yo’l” talabalar to’garagining ravonyol.uz sayti o’z faoliyatini boshladi. “Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi professor-o’qituvchilari ushbu sayt orqali taxsil olayotgan talabalarga o’quv jarayoniga ko’makdosh bo’la oladigan yangiliklar, ma’lumotlar va dolzarb ilovalarni ulashishadi. Shuningdek, talabalar saytda “Elektron kutubxona” sahifasi orqali kafedra fanlari bo’yicha o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, uslubiy ko’rsatmalar, tarqatma materiallar, hamda turli tarbiyaviy badiiy kitoblarni yuklab olishlari mumkin bo’ladi. Sayt orqali talabalar o’z bilimlarini tekshirishlari uchun “Onlayn test nazorati” sahifasi ham mavjud. Sayt mualliflari sahifalarni qiziqarli ma’lumotlar bilan yanada boyitib borishni maqsad qilib qo’yganlar.